Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK R&D Parki Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy markazi bilan qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘ydi

 TMK R&D Parki Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy markazi bilan qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘ydi 27.02.2026
TMK R&D Parki Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy markazi bilan qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘ydi

 

TMK va Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri — Nanostructured Materials Laboratory R&D Center o‘rtasida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, TMK R&D Parki ushbu markaz bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma faoliyat olib boradi.

 

Sejong University tarkibidagi ushbu ilg‘or ilmiy markaz materialshunoslik sohasida yetakchi olim, professor Kim Ki Buem rahbarligida faoliyat yuritib, nanostrukturali hamda yuqori mustahkam qotishmalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

 

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:


➡️ Muhandislarni tayyorlash – qisqa va uzoq muddatli o‘quv tashriflari, ma’ruzalar va treninglar;
➡️ Qo‘shma akademik hamkorlik – konferensiya, seminar, workshop va qo‘shma tadqiqotlar;
➡️ Yangi materiallar sohasida hamkorlik – ilg‘or materiallarni yaratish va pilot miqyosdagi tajribalar.

 

Hamkorlik natijasida quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sanoatga keng joriy etish ko‘zda tutilgan:

 

⚫️ Yuqori haroratga chidamli yangi qotishmalar;
⚫️ Konchilik sanoati uchun mustahkam po‘latlar;
⚫️ Konchilik va metallurgiya uchun bolg‘alanuvchi cho‘yanlar;
⚫️ Avtomobilsozlik va aviatsiya sanoati uchun ilg‘or qotishmalar.

 

Mazkur markaz tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion qotishmalar bugungi kunda Koreya Respublikasining yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarida faol qo‘llanilmoqda.

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring