Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi qaroriga koʻra, har yili 30-iyul butun dunyoda "Xalqaro doʻstlik kuni" sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana xalqlar va madaniyatlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, ishonch hamda barqaror tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi global tashabbusdir.
Oʻzbekiston ushbu xalqaro tashabbusni qonunchilik darajasida mustahkamlagan kam sonli davlatlardan biri. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yildan buyon mamlakatimizda ushbu kun rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona oila boʻlib, tinchlik va hamjihatlikda mehnat qilmoqda.
Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) faoliyatida ham ushbu ezgu qadriyatlar oʻz aksini topgan. Bugungi kunda TMK jamoasida 20 ga yaqin turli millat vakillari yagona maqsad yoʻlida bir jamoa sifatida faoliyat yuritmoqda.
Turli madaniyatlar, tajribalar va dunyoqarashlarning uygʻunligi bizning eng katta boyligimiz, innovatsiyalar manbai va xalqaro hamkorlikni mustahkamlovchi muhim omillardan biridir.
Doʻstligimiz yanada mustahkamlanib, yurtimiz ravnaqiga xizmat qilaversin!
Bayram muborak boʻlsin!