ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

2025-yilning eng dolzarb metalli: Grafit

 2025-yilning eng dolzarb metalli:  Grafit 30.12.2025
2025-yilning eng dolzarb metalli: Grafit

 2025-yilda elektromobillar, energiya saqlash tizimlari va data-markazlar rivoji ortidan grafitga bo‘lgan talab oshib ketdi.

 

Joriy yilda tabiiy grafit qazib olishning qariyb 65 foizi, grafitni qayta ishlashning 85–90 foizi Xitoy hissasiga to'g'ri keldi.

 

Shuningdek, grafit bozori ichida texnologik ajralish yuz berdi. Ya'ni energiya zichligi yuqori bo'lgan sun’iy grafit va ekologik jihatdan maqbulroq bo'lgan tabiiy grafit.  ESG talablari kuchaygan sari,  yuqori tozalikdagi tabiiy grafit ustunlikka ega bo‘la boshladi.

 

Bu esa Markaziy Osiyo, Afrika va  Kanada konlariga qiziqishni oshirdi.

 

Yil davomida grafit bilan bog‘liq konchilik va qayta ishlash loyihalariga investorlar qiziqishi keskin oshdi. Kapital oqimi ayniqsa ESG talablariga mos, qayta ishlash zanjiri mavjud bo'lgan loyihalarga yo‘nala boshladi.

 

IEA tahlillariga ko'ra, 2030-yilga borib batareyalar uchun grafitga bo‘lgan talab kamida 2,5 baravar oshadi. Jahon banki esa grafitni yaqin 10–15 yil davomida eng tez o‘suvchi kritik minerallardan biri sifatida qayd etmoqda.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar