ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Sariko‘l volfram loyihasi: O‘zbekistonning global kritik minerallar zanjiridagi yangi drayveri

 Sariko‘l volfram loyihasi: O‘zbekistonning global kritik minerallar zanjiridagi yangi drayveri 06.04.2026
Sariko‘l volfram loyihasi: O‘zbekistonning global kritik minerallar zanjiridagi yangi drayveri

Bugungi global iqtisodiy sharoitda kritik minerallar ta’minoti strategik ustuvor yo‘nalishga aylanib bormoqda. Energetik transformatsiya, yuqori texnologiyalar va sanoatning chuqur modernizatsiyasi fonida volfram kabi metallar uchun barqaror, ishonchli va diversifikatsiyalangan yetkazib berish manbalariga bo‘lgan talab keskin ortmoqda.


O‘zbekiston ham volfram loyihalari orqali global bozorga nafaqat yetkazib beruvchi, balki integratsiyalashgan qiymat zanjiriga ega, uzoq muddatli va barqaror hamkor sifatida kirib kelmoqda. Ana shunday loyihalardan biri Sariko’l loyihasi.

 

Integratsiyalashgan model: resursdan qiymatgacha

 

Sariko‘l loyihasi yagona kon-metallurgiya klasteri sifatida shakllanib, to‘liq integratsiyalashgan ishlab chiqarish modeliga asoslanadi. Loyiha “kon-metall- bozor” tamoyili asosida xomashyo qazib olishdan tortib, boyitish, chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona tizimga birlashtiradi. Bu yondashuv global tendensiyalarga to‘liq mos keladi: bugungi raqobat resurslarga egalik bilan emas, balki qiymat zanjirini boshqarish bilan belgilanadi.


Loyiha doirasida zamonaviy boyitish fabrikasi barpo etilishi rejalashtirilgan.


Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:
•  yiliga 600 ming tonna ma’dan qazib olish 
•  yiliga 4 100 tonna volfram konsentrati ishlab chiqarish 
 

Loyihaning dastlabki investitsiya hajmi 99,2 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
 

Moliyaviy prognozlar:
•  2027 yil: mahsulot qiymati — 55,8 mln $, sof foyda — 29,4 mln $ 
•  2028 yil: mahsulot qiymati — 74,9 mln $, sof foyda — 41,8 mln $ 
Bu ko‘rsatkichlar loyiha yuqori rentabellik va tez kapital qaytimi salohiyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.
 

Loyiha zamonaviy geologik izlanishlar va xalqaro standartlarga asoslangan:
•  21 000 p.m burg‘ulash ishlari yakunlandi 
•  139 ta quduqdan 10 948 ta namuna olindi 
•  Tahlillar uchun namunalar Turkiyaning ARGETEST laboratoriyasiga yuborildi 
•  Avstraliyaning NewPro Consulting Pty Ltd kompaniyasi tomonidan loyihaning xalqaro FS (TIA) tadqiqoti islab chiqilmoqda 
•  JORC standartlari asosida resurs baholash ishlari olib borilmoqda 
 

Qo‘shimcha burg‘ulash ishlari uchun yangi bosqich rejalashtirilgan. Mazkur yondashuv loyiha shaffofligi va texnik asoslanganligini ta’minlab, investorlar uchun ishonchni oshiradi.
 

Sariko‘l volfram loyihasi – bu alohida kon emas, balki strategik sanoat platformasi. Bu loyiha resurslarni qazib olishdan ko‘ra kengroq ma’noga ega.
Bu – qiymat yaratish, sanoatni chuqur rivojlantirish va global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuv haqida.

TMK geologlari e'tirof etildi
jarayon
06.04.2026
TMK geologlari e'tirof etildi
O‘z g‘oyangizni sanoat kelajagiga aylantiring!
Tanlov
02.04.2026
O‘z g‘oyangizni sanoat kelajagiga aylantiring!
TMK va Hygreen Energy:  Vodorod infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kuchlar birlashmoqda
TMK
01.04.2026
TMK va Hygreen Energy: Vodorod infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kuchlar birlashmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar