Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida

 STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida 09.10.2026
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida

Tosh Tech universitetida bo‘lib o‘tgan “Science and Technology of Advanced Materials and Devices” (STAMD 2026) V xalqaro ilmiy konferensiyasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK)ning ilmiy-texnologik yo‘nalishdagi faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Ilg‘or materiallar, zamonaviy qurilmalar va innovatsion ishlanmalarga bag‘ishlangan anjumanda TMK Boshqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov kombinat vakili sifatida ma’ruza bilan qatnashdi.

Konferensiyada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy muassasalari hamda universitetlari vakillari nanomateriallar, quyosh energetikasi, biotibbiyot va optoelektronika sohalaridagi dolzarb tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdilar.

“Successes and Challenges on Collaboration Between University and Industry” mavzusidagi panel sessiyasida esa universitetlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikning natijalari, mavjud muammolari hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur anjuman ilmiy tajriba almashish, ilg‘or texnologik yechimlarni muhokama qilish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.

#TMK #OzTMK #Ozbekiston #STAMD2026 #IlmFan #Innovatsiyalar #IlgorTexnologiyalar #IlmiyTadqiqotlar #SanoatHamkorligi #XalqaroHamkorlik

⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
uchrashuv
09.10.2026
⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
uchrashuv
07.10.2026
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
KRITIK MINERALLARGA INVESTITSIYALAR 9%GA QISQARDI. O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR UCHUN YANGI ANALITIK INFRATUZILMA YARATMOQDA GLOBAL TALAB SAQLANMOQDA, KAPITAL ESA EHTIYOTKORLASHMOQDA
nano labaratoriya
07.10.2026
KRITIK MINERALLARGA INVESTITSIYALAR 9%GA QISQARDI. O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR UCHUN YANGI ANALITIK INFRATUZILMA YARATMOQDA GLOBAL TALAB SAQLANMOQDA, KAPITAL ESA EHTIYOTKORLASHMOQDA

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring