Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Tog‘-kon sanoati vaziri Mourad Hanifi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK)ning Chirchiq shahrida barpo etilayotgan yangi sanoat obyektlari bilan tanishdi.
⚡️ Tashrif davomida delegatsiyaga TMKning texnologik metallarni chuqur qayta ishlash, ilm-fan va sanoatni yagona tizimda birlashtirishga qaratilgan yirik loyihalari, jumladan TMK R&D Park hamda “Kelajak metallari” texnoparki konsepsiyasi va istiqboldagi rejalar taqdim etildi.
💼 Shuningdek, TMK vakillari va Jazoir delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, kritik minerallar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yaratish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
💠 Jazoir tomoni TMKda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sanoat va ilmiy-texnologik loyihalarga yuqori baho berib, Kombinat bilan kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
💠 TMK uchun ushbu muloqot xalqaro sanoat hamkorligini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va yangi sherikliklarni jalb etish hamda O‘zbekistonning texnologik metallar sohasidagi salohiyatini global maydonda mustahkamlashga xizmat qiladi.
#Ozbekiston #Jazoir #UzTMK #KritikMinerallar #TexnologikMetallar #TogKonSanoati #SanoatHamkorligi #Investitsiyalar #RDPark #KelajakMetallari