ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi

 TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi 22.04.2026
TMK — Markaziy Osiyo yashil transformatsiyasining faol ishtirokchisi

Bugun Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Mintaqaviy ekologik sammit – 2026 “Barqaror kelajak uchun umumiy qarash” shiori ostidao‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, yirik moliya institutlari, biznes doiralari, ilmiy hamjamiyat hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

 

Sammitning asosiy maqsadi — mintaqada ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish hamda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonlarini jadallashtirishdan iborat.

 

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va o'z nutqida Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda ekologik xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

 

Shuningdek, Prezident mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, ekologik birdamlikni rivojlantirish va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni chuqur anglash zarurligini ta’kidladi. Nutqda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va qo‘shma ekologik tashabbuslarni amalga oshirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur nufuzli xalqaro tadbirda o‘zining ESG (Environmental, Social, Governance) yo‘nalishidagi amaliy natijalari bilan ishtirok etmoqda. TMK ekologik barqarorlik yo‘nalishida bir qator muhim natijalarni taqdim etmoqda.

 

Jumladan, zamonaviy ekologik texnologiyalar va onlayn monitoring tizimlari joriy etilib, zararli chiqindilar sezilarli darajada kamaytirilmoqda. 95 foizdan yuqori samaradorlikka ega tozalash uskunalari va quyosh energiyasidan foydalanish ishlab chiqarishning ekologik ta’sirini pasaytirmoqda. Shuningdek, yiliga 750 ming tonna texnogen chiqindilar qayta ishlanib, resurslar samarali foydalanilmoqda. Ijtimoiy ekologiya yo‘nalishida esa minglab daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda.

 

Markaziy Osiyo kelajagi ekologik barqarorlik, sanoat modernizatsiyasi va mintaqaviy hamkorlik uyg‘unligida quriladi. TMK esa ushbu kelajakning bunyodkorlaridan biri.

INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
INNOPROM 2026
21.04.2026
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
INNOPROM 2026
21.04.2026
INNOPROM Markaziy Osiyo 2026 xalqaro ko'rgazmasi faol davom etmoqda
TMK tasarrufidagi R&D Park xalqaro hamkorlik xaritasini kengaytirmoqda
TMK
20.04.2026
TMK tasarrufidagi R&D Park xalqaro hamkorlik xaritasini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar