Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Buyuk Britaniyada yirik xalqaro investorlar bilan muhim kelishuvlarga erishdi

 TMK Buyuk Britaniyada yirik xalqaro investorlar bilan muhim kelishuvlarga erishdi 18.05.2026
TMK Buyuk Britaniyada yirik xalqaro investorlar bilan muhim kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Investorlar kuni” doirasida xalqaro investitsiyalar va strategik sanoat loyihalarini moliyalashtirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi investitsion kompaniya Kirkoswald Capital Partnership LLP bilan anglashuv memorandumi imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar muhim xomashyo va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega texnologik metallar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro bozorlarga mahsulot yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldilar.

Shuningdek, hujjat doirasida TMK bazasida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, qayta ishlash darajasini chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, TMK delegatsiyasi “Investorlar kuni” doirasida J.P. Morgan, BlackRock, Wellington Management Company LLP, Ashmore Investment Management, T. Rowe Price Associates hamda AXA Investment Management kabi dunyoning yetakchi investitsiya va moliyaviy institutlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TMK tomonidan xalqaro kapital bozorida yevrobondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi ortidan mazkur kompaniya va investorlar bilan investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarga erishildi.

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring