Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

 TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi 19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida AECOM Technical Services kompaniyasi hamda AQSH tomoni vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida TMKning kritik va strategik minerallar sohasidagi faoliyati, mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyati, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri PGI/TCTR dasturi doirasida TMK bilan sanoat hamkori sifatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ushbu yo‘nalishdagi amaliy imkoniyatlarni rivojlantirish masalasi bo‘ldi.

Tomonlar dastur doirasida istiqbolli loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan baholash, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro moliya institutlari va investorlarni jalb etishga tayyorlash, shuningdek, zarur texnik va tranzaksiyaviy ko‘mak mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, AECOM tomonidan istiqbolli loyihalarni saralash, texnik-iqtisodiy, moliyaviy va tranzaksiyaviy ekspertizadan o‘tkazish hamda moliyalashtirishga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar PGI/TCTR dasturi doirasida TMK bilan sanoat hamkorligini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni xalqaro talablar asosida tayyorlash hamda ularni moliyalashtirishga tayyorlash bo‘yicha muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

 

#TMK #AECOM #CriticalMinerals #Investment #IndustrialCooperation #ProjectFinance #Uzbekistan #GlobalPartnerships

 

 

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring