ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Hygreen Energy: Vodorod infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kuchlar birlashmoqda

 TMK va Hygreen Energy:  Vodorod infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kuchlar birlashmoqda 01.04.2026
TMK va Hygreen Energy: Vodorod infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kuchlar birlashmoqda


 

O’zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) sanoatni dekarbonizatsiya qilish va barqaror energetikaga o‘tish yo‘lida muhim qadam tashladi — dunyodagi yetakchi elektrolizyor ishlab chiqaruvchilardan biri Hygreen Energy bilan strategik hamkorlik boshlandi.


 

Ushbu hamkorlik doirasida zamonaviy vodorod stansiyasini yaratish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi. Bu esa tog‘-kon sanoati va ishlab chiqarish sektorining “yashil” transformatsiyasida muhim qadam bo‘ladi. 


 

Vodorod texnologiyalarining joriy etilishi quyidagi yo‘nalishlarda tub o‘zgarishlarni boshlab beradi:

• Rudani boyitish jarayonlari

• Metalllashtirilgan xom ashyo (DRI/HBI) ishlab chiqarish

• Uzoq sanoat maydonlarini energiya bilan ta’minlash


 

Nima uchun aynan Hygreen Energy?

• 19 yillik tajribaga ega va vodorod texnologiyalarida chuqur bilimga ega kompaniya

• Dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan

• 60 dan ortiq patentga ega bo‘lib, o‘z texnologiyalarini mustaqil rivojlantiradi

• Elektrolizyorlarning barcha asosiy turlarini (ALK, PEM, AEM) taklif qila oladi


 

Vodorod stansiyasini yaratish birgalikdagi “yo‘l xaritasi”ning birinchi bosqichidir. Kelgusida sanoat miqyosida (100 MVt va undan yuqori) “yashil” vodorod ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, bu past uglerodli ishlab chiqarish klasterlarini yaratish bo‘yicha global tendensiyaga mos keladi.


 

Hamkorlikning boshlanish nuqtasi — PDAC 2026 (Toronto, Kanada).

Mazkur global maydonda TMK va Hygreen Energy o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida vodorod infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va bu keyinchalik aniq “yo‘l xaritasi”ga aylandi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar