Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik

 TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik 10.08.2026
TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Hindistonning RecycleKaro kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

RecycleKaro urban mining (“shahar konchiligi”) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, texnologik chiqindilarni qayta ishlash, ulardan foydali komponentlarni ajratib olishga ixtisoslashgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda texnologik chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish istiqbollari, mavjud sanoat salohiyati hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Hindiston delegatsiyasi, shuningdek, TMK R&D Parkining ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov infratuzilmasi hamda innovatsion imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. 

Tomonlar texnologik chiqindilarni qayta ishlash, ulardan foydali komponentlarni qayta ajratib olish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish, qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish va istiqbolli loyihalarni birgalikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring