Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi

 TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi 16.04.2026
TMK va Traxys: Global miqyosda tan olingan lider bilan rasman hamkorlik  boshlandi

 


 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamda AQShning nufuzli xalqaro kompaniyasi Traxys North America LLC o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


 

 Traxys — metall va minerallar savdosi, logistika va moliyalashtirishni yagona tizimga birlashtirgan yirik global kompaniya bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi va yakuniy iste’molchi o‘rtasida strategik ko‘prik vazifasini bajaradi. 


 

Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:

-  global ta’minot zanjirlarini shakllantirish;

-uzoq muddatli offtake shartnomalari;

- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

- qo‘shma loyihalarni strukturaviy rivojlantirish.


 

 Hamkorlik TMK uchun bir vaqtning o‘zida uchta strategik ustunlikni beradi:

- global bozorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish;

- yirik loyihalar uchun zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlariga kirish;

- mahsulotlar uchun barqaror va uzoq muddatli talabni shakllantirish.


 

Traxys bilan hamkorlik TMKning “mine–metal–market” integratsiyalashgan modelini yanada kuchaytirib, qazib olishdan tortib yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni xalqaro bozorlarga yetkazib berishgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjirini mustahkamlaydi.


 

Shu bilan birga, mazkur hamkorlik aloqalarining o'rnatilishi O‘zbekistonning boy geologik salohiyati va professional boshqaruvga ega, ishonchli hamkor sifatidagi o'rni nufuzli xalqaro doiralarda e'tirof etilayotganini anglatadi.


 

O‘zbekiston kritik minerallar sohasida ochiq, barqaror va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor.

⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring