Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va TATU hamkorligida yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar

 TMK va TATU hamkorligida yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar 11.05.2026
TMK va TATU hamkorligida yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


 

Uchrashuv davomida AI, GIS tizimlari, situatsion markaz, raqamli egizaklar (Digital Twins), 3D-modellashtirish, robototexnika, videoanalitika hamda ishlab chiqarish obyektlarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


 

Tomonlar:

▫️ istiqbolli talabalar va yosh mutaxassislar guruhini shakllantirish,

▫️ sanoat uchun AI asosidagi yechimlar ishlab chiqish,

▫️ real ishlab chiqarish jarayonlari asosida amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish,

▫️ startap va grant tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,

▫️ hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini TMK raqamli ekotizimiga integratsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.


 

Alohida ta’kidlash joizki, TMK tomonidan yaratilayotgan yangi hamkorlik modeli talabalar uchun real sanoat muammolari ustida ishlash, zamonaviy professional vositalardan foydalanish va yirik sanoat loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
Forum
04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
R&D Park
01.08.2026
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!
Xalqlar doʻstligi kuni
30.07.2026
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring