ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK: PDAC 2026 doirasida xalqaro muzokaralar

 TMK: PDAC 2026 doirasida xalqaro muzokaralar 03.03.2026
TMK: PDAC 2026 doirasida xalqaro muzokaralar

 

PDAC 2026 xalqaro anjumani doirasida Kanada elchixonasi tashabbusi bilan roundtable uchrashuvi tashkil etildi. Unda TMK uchun maxsus sessiya ajratilib, kompaniya vakillari tomonidan strategik rivojlanish dasturi, investitsiya loyihalari, Mine-Metal-Market integratsiyalashgan modeli hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.

 

Shuningdek, PDAC 2026 doirasida TMK stendi qator xorijiy kompaniyalar, investitsiya institutlari va diplomatik vakolatxonalar uchun faol muzokara maydoniga aylandi. Delegatsiya vakillari tomonidan bir nechta xalqaro hamkorlar bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Xususan, bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi:

 

  • Geologiya va konchilik sohasida xalqaro tajriba almashinuvi hamda texnik maslahat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Investitsiya va ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini tashkil etish;
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va institutsional hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish;
  • Xalqaro biznes aloqalarini kengaytirish;
  • Geologik modellashtirish va resurslarni baholash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni joriy etish.

 

Mazkur muzokaralar TMKning global maydondagi pozitsiyasini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va strategik loyihalarni xalqaro darajada ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar