Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida: Investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

 TMK O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida: Investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi 29.04.2026
TMK O‘zbekiston-Turkiya biznes forumida: Investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

Joriy yilning 5-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) ishtirok etadi.


Bugungi kunda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati O‘zbekistonning kritik minerallar va texnologik metallar sohasidagi yirik sanoat ekotizimi sifatida xalqaro investorlar uchun hamkor sanaladi. TMK geologik qidiruvdan tortib qazib olish, chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan “kon-metal-bozor” to‘liq qiymat zanjirini shakllantirib bormoqda.

 

Forum doirasida TMK tomonidan kritik minerallar bo‘yicha istiqbolli investitsiyaviy loyihalar, sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari hamda qo‘shma ishlab chiqarish tashabbuslari taqdim etiladi. Shuningdek, TMK tasarrufidagi quyidagi tashkilotlar ham o‘z salohiyati va loyihalari bilan qatnashadi:

 

• TMK Chemicals — sulfat kislotasi ishlab chiqarish yo‘nalishi
• R&D Park — kritik minerallar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot majmuasi
• Kelajak metallari texnoparki — kritik va noyob metallarni chuqur qayta ishlash texnoparki
• UTMK Smart Powder — kukun metallurgiyasi yo‘nalishi
• Graphtech Mining and Production — tog‘-kon sanoati loyihalari

 

TMK bilan hamkorlik — kelajak sanoatiga sarmoya!

TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
Forum
05.08.2026
TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
Forum
04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
R&D Park
01.08.2026
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring