ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK AQSh bozoriga volfram eksportini boshladi

 TMK AQSh bozoriga volfram eksportini boshladi 26.11.2025
TMK AQSh bozoriga volfram eksportini boshladi

Global metall bozorida 30 yildan ortiq tajribaga ega, dunyoning turli mintaqalaridagi ishlab chiqaruvchilar va yirik sanoat iste’molchilari o‘rtasida strategik ko‘prik vazifasini bajarayotgan AQShning ishonchli kompaniyalaridan biri CCMA LLC vakillari bilan TMK bosh ofisida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda tomonlar volfram sanoatidagi hamkorlik istiqbollari, mavjud imkoniyatlar va qo‘shma loyihalar bo‘yicha batafsil muzokara olib bordilar hamda TMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan volfram metallini AQShning CCMA LLC kompaniyasiga eksport qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

 

Bu kelishuv TMK eksport salohiyatining oshishi va xalqaro bozorga chiqishda yanada kuchli pozitsiyalarni shakllantirishi bilan birga, O‘zbekistonning yirik strategik konlariga xalqaro kapital kirib kelishi, texnologik yangilanishlar, zamonaviy boyitish va qayta ishlash quvvatlarining kengayishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida kritik metallar segmentida xalqaro miqyosda ishonchli hamkor sifatida tanilgan CCMA kompaniyasi vakillari volfram bo‘yicha investitsiya loyihalarida ishtirok etishga ham yuqori qiziqish bildirdi.

TMKda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlar asosida seminarlar o‘tkazildi
Seminar-trening
06.05.2026
TMKda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlar asosida seminarlar o‘tkazildi
Forum doirasida TMK yangi hamkorlik memorandumlari imzoladi
Forum
05.05.2026
Forum doirasida TMK yangi hamkorlik memorandumlari imzoladi
TMK ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi
jarayon
02.05.2026
TMK ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar