ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Xitoyning yetakchi UIBE universiteti bilan hamkorlik boshladi

 TMK Xitoyning yetakchi UIBE universiteti bilan hamkorlik boshladi 05.01.2026
TMK Xitoyning yetakchi UIBE universiteti bilan hamkorlik boshladi

 


 

Ayni paytda TMK delegatsiyasi  amaliy tashrif bilan Xitoyda bo'lib turibdi. Bugun delegatsiya a'zolari Pekin shahridagi global iqtisodiyot bo'yicha yetakchi universitet — University of International Business and Economics (UIBE) bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.


 

Uchrashuv davomida tomonlar jahon savdo iqtisodiyoti yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, global savdo jarayonlari, xalqaro bozorlar tendensiyalari hamda zamonaviy iqtisodiy tahlil mexanizmlarini muhokama qildilar. 


 

Muzokaralar yakunida xalqaro savdo iqtisodiyoti va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 


 

Ushbu hamkorlik Toshkentdagi Piza universiteti filiali bilan integratsiyalashgan holda ta’lim–fan–ishlab chiqarish zanjiriga asoslangan yangi ta’lim modelini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, real bozor ehtiyojlariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.


 

Ma'lumot uchun, University of International Business and Economics (UIBE) — Xitoyning xalqaro savdo, global iqtisodiyot va biznes boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab keladi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar