Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK xalqaro kapital bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

 TMK xalqaro kapital bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda 19.05.2026
TMK xalqaro kapital bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Germaniyaning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri — LBBW Landesbank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida eksport moliyalashtirish mexanizmlari, xususan EPC+F (Engineering, Procurement, Construction + Financing) modeli asosida sanoat va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Bank vakillari dastlabki bosqichda qariyb 20 million yevro miqdoridagi EPC+F loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, kelgusida yanada yirik hajmdagi kredit resurslarini jalb qilish, xalqaro moliyaviy instrumentlarni joriy etish hamda uzoq muddatli investitsion hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar eksport moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda TMKning yirik sanoat tashabbuslarini xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
 

Ma'lumot uchun, LBBW — Germaniyaning eng yirik federal banklaridan biri bo‘lib, sanoat, infratuzilma, xalqaro savdo va eksport operatsiyalarini moliyalashtirish yo‘nalishida katta tajribaga ega. Bank bugungi kunda mashinasozlik, energetika, yuqori texnologiyalar hamda kritik xomashyo sohalaridagi yirik xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring