Bugun strategik va muhim minerallar global sanoat taraqqiyoti hamda iqtisodiy barqarorlikning asosiy drayveriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan sohadagi xalqaro hamkorlik va investitsiyaviy muloqot maydonlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
27–29-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKda tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohasining ikkita yirik hamda nufuzli tadbiri O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi (UIMF 2026) hamda 20-yubiley MiningMetals Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshchiligidagi Yagona milliy stend tarkibida asosiy ishtirokchi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni taqdim etadi:
➡️TMKning O‘zbekistonda kritik minerallarni geologik qidiruvdan boshlab chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan integratsiyalashgan "Kon–Metall–Bozor" modeli;
➡️Strategik va muhim minerallar bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari;
➡️Ishlab chiqarishga joriy etilayotgan innovatsion va raqamli texnologiyalar amaliyoti;
➡️Xalqaro investorlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralar hamda sanoat kooperatsiyasi.
Sizni xalqaro tadbirlar doirasida Yagona milliy stenddagi TMK ekspozitsiyasida kutib qolamiz!
TMK bilan birga metallurgiya va tog‘-kon sanoatining yangi ufqlarini kashf eting."