Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha

 O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha 21.09.2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat hamkorligiga yangi sur’at berdi. Oliy darajadagi muzokaralarda savdo, investitsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar bilan bir qatorda, kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bu hamkorlikni ilmiy tadqiqot, texnologiya transferi, yangi materiallar va eksport yo‘nalishlarini birlashtirgan yaxlit tizim sifatida rivojlantirmoqda.

Bugungi kunda TMK Janubiy Koreyaning KITECH, KAIST, KIGAM, Korea Powder Metallurgy, CAMP² kabi yetakchi ilmiy va sanoat hamkorlari bilan kritik minerallarni chuqur qayta ishlash, ilg‘or qotishmalar, kukun metallurgiyasi, magnit materiallar, sun’iy intellekt va smart-metallurgiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

 Ilmiy hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida Sejong University hamda University of Business and Science (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda 16 turdagi yangi ilg‘or qotishmalar ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalish yangi xususiyatlarga ega materiallarni yaratish, ularni sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazish va kelgusida ishlab chiqarishga joriy etish uchun muhim ilmiy-texnologik baza yaratmoqda.

Hamkorlikning muhim tayanchlaridan biri TMK R&D Parki tarkibidagi O‘zbekiston–Koreya nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazi bo‘lib, u Koreya tomonining 11.2 million dollarlik ODA dasturi doirasida rivojlantirilmoqda. Markazda kritik minerallar, yuqori tozalikdagi metallar, nanomateriallar va pilot texnologiyalar ustida ish olib borilmoqda.

 Bu hamkorlik faqat texnologiyalar bilan cheklanmaydi. Ayni paytda TMKning 10 nafar muhandisi Janubiy Koreyada amaliyot o‘tamoqda. Mazkur dastur orqali mutaxassislar ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy metallurgiya texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot amaliyotlari bo‘yicha bevosita tajriba orttirmoqda.

Sanoat yo‘nalishida esa TMK Smart Powder va Korea Powder Metallurgy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik asosida O‘zbekistonda yuqori aniqlikdagi avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish, kelgusida 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va ularni eksport bozorlariga olib chiqish ko‘zda tutilgan.

 Shu bilan birga, TMK Koreyaning yirik kompaniya va institutlari bilan kritik minerallarni qayta ishlash, yangi metallurgiya texnologiyalarini joriy etish, Koreya bozoriga mahsulot yetkazib berish va yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni izchil davom ettirmoqda.

TMK va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik kritik minerallarni chuqur qayta ishlash, yangi materiallar yaratish, O‘zbekistonda ilg‘or ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish va tayyor mahsulotlarni global bozorlarga olib chiqishga qaratilgan sanoat hamkorligiga aylanmoqda.

 

#CriticalMinerals #SouthKorea #Uzbekistan #AdvancedMaterials #TechnologyTransfer #PowderMetallurgy #MiningInnovation #IndustrialCooperation #GlobalSupplyChains #TMK.

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring