Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda

 TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda 14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda

Xalqaro investorlar va hamkorlar uchun bugun faqat ESG hisobotlarining o‘zi yetarli emas. Real vaqt rejimidagi monitoring, ishonchli ekologik ma’lumotlar va risklarni samarali boshqarish zamonaviy sanoatda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) shu yondashuv asosida sanoat obyektlarida ekologik nazoratning zamonaviy raqamli vositalarini bosqichma-bosqich joriy etmoqda.

Ayni paytda atmosfera havosi sifatini kuzatuvchi avtomatik monitoring stansiyalari TMKning bir qator sanoat obyektlarida ishga tushirilgan. Jumladan:

➡️ Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi;
➡️ Navoiy viloyatidagi TMK Chemicals — sulfat kislota ishlab chiqarish zavodi;
➡️ Samarqand viloyatidagi Ingichka boyitish fabrikasi.

Bugungi kunda mazkur tizimni TMKning boshqa sanoat obyektlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda.

O‘rnatilgan stansiyalar atmosfera havosidagi PM2.5, PM10, oltingugurt dioksidi (SO₂), azot dioksidi (NO₂), uglerod oksidi (CO), ozon (O₃), ammiak (NH₃) va vodorod sulfidi (H₂S) kabi asosiy ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini avtomatik ravishda nazorat qiladi.

Shuningdek, havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi kabi meteorologik ko‘rsatkichlar ham kuzatib boriladi. Tizim ekologik ma’lumotlarni avtomatik qayd etish va masofadan uzatish imkonini beradi.

Keyingi bosqichda barcha stansiyalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona raqamli tizimga integratsiya qilish va TMKning Situatsion markaziga uzatish rejalashtirilgan.
Natijada atmosfera havosi holatini uzluksiz va markazlashgan tarzda kuzatish, ekologik risklarga tezkor munosabat bildirish imkoniyati yaratiladi.

Bu orqali TMK ekologik nazoratni an’anaviy kuzatuvdan aniq ma’lumotlarga asoslangan raqamli boshqaruv tizimiga olib chiqmoqda. Maqsad esa sanoat rivoji bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik, shaffoflik va mas’uliyatni ham yuqori standartlarda ta’minlashdir.

TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi investitsiyaviy va sanoat loyihalari muhokama qilindi
jarayon
13.08.2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi investitsiyaviy va sanoat loyihalari muhokama qilindi
TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda
jarayon
10.08.2026
TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring