ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK delegatsiyasi AQShda: "Uzbekistan Investor Day"dan yangi imkoniyatlar

 TMK delegatsiyasi AQShda: "Uzbekistan Investor Day"dan yangi imkoniyatlar 14.04.2026
TMK delegatsiyasi AQShda: "Uzbekistan Investor Day"dan yangi imkoniyatlar

13–14-aprel kunlari AQShning New York va Boston shaharlarida o‘tkazilayotgan "Uzbekistan Investor Day" doirasida O’zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi xalqaro investorlar va moliya institutlari bilan samarali muloqotlar olib bormoqda.

 

Tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik maqsadlar hamda TMKning investitsion salohiyati keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. 

 

Delegatsiya a'zolari O&M Capital kompaniyasi bilan TMKning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi, xususan, yevrobond emissiyasi bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarni muhokama qildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
 

Boston shahrida Citigroup kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha Korporativ banking direktori Jason Zullo bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda TMKning faoliyati hamda asosiy investitsiya loyihalari, jumladan volfram, molibden va grafit klasterlari taqdim etildi.

 

Muzokaralar yakunida tomonlar TMKni xalqaro kapital bozorlariga olib chiqish istiqbollari hamda loyihalar bo‘yicha yaqin hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar