Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TATU magistrlari TMKda dissertatsiyalarini himoya qildi

 TATU magistrlari TMKda dissertatsiyalarini himoya qildi 22.05.2026
TATU magistrlari TMKda dissertatsiyalarini himoya qildi

 

Bugun O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bosh ofisida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlarining dissertatsiya ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.


 

Tadbirda 7 nafar magistrant kompyuter injiniringi, raqamli texnologiyalar, Data Science, 3D-vizualizatsiya, virtual reallik, sun’iy intellekt hamda boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etdilar.


 

TMK mutaxassislari real sektor vakillari sifatida magistrlik ishlarining amaliy ahamiyati, sanoatga tatbiq etish imkoniyatlari va kelgusida ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini baholadilar.


 

Ayniqsa, gidrodinamik modellashtirish yo‘nalishidagi loyiha alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalish kelgusida gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish bo‘yicha import dasturiy mahsulotlariga muqobil mahalliy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 3D-modellashtirish asosida seysmik va vibratsion tebranishlarni baholash bo‘yicha taqdim etilgan loyiha ham amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otdi. 


 

Bugungi kunda TMK va TATU o‘rtasidagi hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib borilmoqda:

✔️  TMK Situatsion markazi uchun GIS-yechimlarni ishlab chiqish;

✔️ o‘zbek tilidagi nutqni transkribatsiya qiluvchi AI vositalarini joriy etish;

✔️ yig‘ilishlar yakuni bo‘yicha vazifalarni avtomatik shakllantirish;

✔️  Micromine Origin, GeoBank va Ignition/ASODU tizimlari bilan ishlash;

✔️  dual ta’limni rivojlantirish va sanoat uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash.


 

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasining TMKda tashkil etilishi ilm-fan, ta’lim va sanoat integratsiyasini mustahkamlash, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlanmalarini real ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda kelajakdagi raqamli sanoat uchun professional kadrlar zaxirasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK Chemicals
23.07.2026
TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda
TMK
23.07.2026
TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Smart Powder
22.07.2026
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring