Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida

 MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida 26.06.2026
MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida

24–25-iyun kunlari Turkiyaning Anqara shahrida tog‘-kon sanoatining nufuzli xalqaro tadbirlaridan biri MINEX Asia 2026 "Qit'alarni bog‘lash: O‘rta yo‘lak bo‘ylab barqaror tog‘-kon ekotizimini barpo etish" shiori ostida o'tkazildi.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi forum doirasida bir qator yetakchi xorijiy kompaniyalar, investorlar va xalqaro hamkorlar bilan istiqbolli muzokaralar o‘tkazdi.

Forumning "Rudadan tayyor mahsulotgacha: Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoatida operatsion texnologiyalar va qiymat zanjiri integratsiyasi" mavzusidagi panel sessiyasida TMK tasarrufidagi Kelajak metallari texnoparki direktor o‘rinbosari Umid Saloxutdinov asosiy spiker sifatida ishtirok etdi.

U o‘z ma’ruzasida Kelajak metallari texnoparkining nodir yer elementlarini qazib olishdan boshlab ularni yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlargacha bo‘lgan qiymat zanjirini qisqartirishdagi o‘rni, ishlab chiqaruvchilar uchun zamonaviy texnologik yechimlar yaratish hamda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritib berdi.

MINEX Asia 2026 forumidagi ishtirok TMKning xalqaro hamkorliklarini yanada kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va O‘zbekistonning kritik minerallar sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring