Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

 TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi 13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi


O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va ilg‘or ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida Fanlar akademiyasi delegatsiyasi TMKning Chirchiq shahridagi sanoat obyektlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda joriy etilayotgan ilg‘or texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xususan, Texnologiyalar transferi ofisini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi:

➡️Yangi ofis ilmiy ishlanmalarni “ilmiy g‘oya → texnologiya → prototip → pilot sinov → ishlab chiqarishga joriy etish → tijoratlashtirish” zanjiri asosida rivojlantirish va sanoatga olib chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

➡️TMK hududida yarimo‘tkazgichlar, 5N–7N yuqori tozalikdagi materiallar, batareya materiallari, sun’iy intellekt va Digital Twin kabi istiqbolli yo‘nalishlarda maxsus laboratoriyalar tashkil etish rejalashtirilgan;

➡️ Sanoatdagi amaliy muammolarni ilmiy-tadqiqot vazifalariga aylantirish, ilmiy konsorsiumlar shakllantirish uchun zamonaviy raqamli muhit yaratiladi;
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda kritik minerallar sohasida ilmiy ishlanmalardan sanoat texnologiyalarigacha bo‘lgan uzluksiz innovatsion zanjirni shakllantirish, mahalliy ilmiy salohiyatni real ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog‘lash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli texnologik mahsulotlarni yaratishga xizmat qiladi.

Ingliz va rus tillariga tarjima qilib ber

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi investitsiyaviy va sanoat loyihalari muhokama qilindi
jarayon
13.08.2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi investitsiyaviy va sanoat loyihalari muhokama qilindi
TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda
jarayon
10.08.2026
TMK Huawei bilan hamkorlikda O‘zbekiston konlarini sun'iy intellekt yordamida boshqarishga o'tmoqda
TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik
Uchrashuv
10.08.2026
TMK va RecycleKaro: texnologik chiqindilarni qayta ishlash yo‘lida hamkorlik

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring