Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Xitoyda O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini namoyish etdi

 TMK Xitoyda O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini namoyish etdi 26.05.2026
TMK Xitoyda O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini namoyish etdi

21–25-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi hamda O‘ninchi Ipak yo‘li xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Forum O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida o‘tkazildi. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekistonning kritik minerallar va yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari bo‘yicha salohiyatini namoyish etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston milliy paviloni” 2000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallab, mamlakatimizning tog‘-kon sanoati, metallurgiya, kimyo, ipakchilik va hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi eksport va investitsiya salohiyatini namoyish etdi.

Forum davomida TMK bir qator yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borib, istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi hamda muhim kelishuvlarga erishdi.

Shuningdek, mazkur forumda Alibaba.com xalqaro platformasida O‘zbekiston milliy pavilyonining ishga tushirilgani hamda “100 ta Alibaba akseleratori” dasturining boshlanishi e’lon qilindi. Bu esa O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari, xususan, TMK uchun ham global elektron tijorat bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK Chemicals
23.07.2026
TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda
TMK
23.07.2026
TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Smart Powder
22.07.2026
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring