Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Buyuk Britaniyada xalqaro moliya institutlari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi

 TMK Buyuk Britaniyada xalqaro moliya institutlari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi 15.05.2026
TMK Buyuk Britaniyada xalqaro moliya institutlari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi


 

“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ delegatsiyasi Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan “Investor Day” tadbiri doirasida jahonning yetakchi moliyaviy institutlari va investitsiya banklari bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.


 

Jumladan, ICBC Standard Bank, MUFG, Standard Chartered, Deutsche Bank  kabi yirik xalqaro banklar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar davomida TMK tomonidan amalga oshirilayotgan strategik investitsiya loyihalari, xususan volfram va molibden klasterlarini rivojlantirish, yangi qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini kengaytirish masalalari taqdim etildi.


 

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi:


 

— investitsiya mablag‘larini jalb qilish;  

— eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish;  

— yirik sanoat loyihalarini project finance asosida moliyalashtirish;  

— xalqaro kapital bozorlariga chiqish;  

— yevrobond chiqarish imkoniyatlari;  

— IPO va xalqaro investorlar ishtirokini kengaytirish.


 


 

Mazkur uchrashuvlarda xorijiy moliyaviy institutlarning O‘zbekistonda kritik xomashyo sohasini rivojlantirish, mamlakatning global ta’minot zanjiridagi o‘rnini mustahkamlash va texnologik metallar sanoatiga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekani namoyon boʻldi.

O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
Forum
04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
R&D Park
01.08.2026
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!
Xalqlar doʻstligi kuni
30.07.2026
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni muborak boʻlsin!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring