Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Kanada bilan geologik qidiruvda AI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

 TMK Kanada bilan geologik qidiruvda AI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi 07.07.2026
TMK Kanada bilan geologik qidiruvda AI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Kanadaning Yerni masofadan kuzatish va geofazoviy tahlil yo‘nalishida faoliyat yurituvch EarthDaily kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


 

Uchrashuv davomida geologik qidiruv jarayonlarida sun’iy intellekt va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi hamda kompaniyaning geologik qidiruv ishlari uchun ishlab chiqilgan, sun’iy intellekt  bilan integratsiyalashgan Marigold platformasi taqdim etildi.


 

Mutaxassislar platformaning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini avtomatik tahlil qilish, ma’lumotlarni shovqinlardan tozalash hamda istiqbolli geologik hududlarni aniqlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.


 

Marigold sun’iy intellekt yordamida istiqbolli qidiruv hududlarini prognozlaydi. Bu esa geologlarga burg‘ilash uchun ustuvor maydonlarni aniqlash, qidiruv ishlarini optimallashtirish hamda vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.


 

Muzokaralar davomida platformaning O‘zbekiston geologik sharoitlarida qo‘llanish imkoniyatlari, natijalarning ishonchliligi hamda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash algoritmlari muhokama markazida boʻldi.


 

Tomonlar geologik qidiruv jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish hamda zamonaviy geofazoviy texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.


 


 

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring