Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK global geologik qidiruv va burg'ilash bo'yicha dunyoning lider kompaniyalari bilan muzokara o'tkazdi

 TMK global geologik qidiruv va burg'ilash bo'yicha dunyoning lider kompaniyalari bilan muzokara o'tkazdi 03.07.2026
TMK global geologik qidiruv va burg'ilash bo'yicha dunyoning lider kompaniyalari bilan muzokara o'tkazdi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning Astera Minerals hamda Kanadaning RJLL Drilling kompaniyalari vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Delegatsiyaga Kanadaning RJLL Drilling kompaniyasi prezidenti David Bradley hamda Buyuk Britaniyaning Astera Minerals kompaniyasi asoschisi Elena Baranova boshchilik qildi. 

RJLL Drilling Kanada geologik burg‘ilash xizmatlari bozoridagi tajribali kompaniyalardan biri bo‘lib, yer usti va yer osti kern burg‘ilash, chuqur burg‘ilash, murakkab geografik sharoitlarda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda foydali qazilmalar resurslarini aniqlash va kengaytirishga ixtisoslashgan. Kompaniya tasarrufida 47 ta zamonaviy burg‘ilash qurilmasi mavjud bo‘lib, yiliga 600 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlarini bajarish quvvatiga ega.

Astera Minerals esa Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi xalqaro konsalting va loyiha boshqaruvi kompaniyasi bo‘lib, geologiya, tog‘-kon sanoati, kritik minerallar va investitsiya loyihalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ixtisoslashgan. Kompaniya xorijiy investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli tog‘-kon loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Uchrashuv davomida geologik-qidiruv ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, burg‘ilash jarayonlariga ilg‘or yechimlarni joriy etish hamda uzoq muddatli sanoat hamkorligini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

TMK mazkur kompaniyalar bilan geologik kern burg‘ilash, Reverse Circulation (RC) burg‘ilash, geofizik tadqiqotlar hamda jinslarning geokimyoviy tahlili yo‘nalishlarida hamkorlikka alohida qiziqish bildirdi.

Xalqaro Raw Matters podkastida O‘zbekistonning kritik minerallar pozitsiyasi taqdim etildi
podkast
03.07.2026
Xalqaro Raw Matters podkastida O‘zbekistonning kritik minerallar pozitsiyasi taqdim etildi
MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida
MINEX Asia 2026
26.06.2026
MINEX Asia 2026: Kelajak metallari texnoparki xalqaro ekspertlar e'tiborida
Turkiya: MINEX Asia 2026 xalqaro forumida O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati taqdim etildi
MINEX Asia 2026
25.06.2026
Turkiya: MINEX Asia 2026 xalqaro forumida O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati taqdim etildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring