Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni kengaytirmoqda

 TMK yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni kengaytirmoqda 09.04.2026
TMK yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni kengaytirmoqda

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda yoshlar siyosati mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutmoqda.


 

 Shu asosda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodi yoshlari ishtirokida payshanba - "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kompleks tadbir bo'lib o'tdi.


 

Tadbirning birinchi qismi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida 50 nafar yosh mutaxassis bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Ularga TMKdagi yangi islohotlar, zamonaviy ishlab chiqarish loyihalari va innovatsion yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi. 


 

O‘z navbatida yoshlar tomonidan ilgari surilgan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va ilg‘or xalqaro tajribani keng tatbiq etishga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.


 

Tadbirning keyingi qismida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida TMK rahbariyati va yoshlar birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekdi. Bu tashabbus yashil hududlarni kengaytirish, ekologik madaniyatni shakllantirish va barqaror muhit yaratishga xizmat qildi.


 

Bugun TMK mamlakatimiz sanoatida yoshlar salohiyati va ekologik mas’uliyatni uyg‘un holda rivojlantirmoqda!

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring