Bugun Jizzax viloyatida “O‘zbekiston–Tojikiston” II hududlararo forumi o‘tkazilib, ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va biznes hamkorligini rivojlantirishga xizmat qildi.
Forum doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) B2B uchrashuvlar va muzokaralarda faol ishtirok etib, kritik minerallar sohasida yangi imkoniyatlarni muhokama qildi.
Xususan, TMK tog‘-kon, ishlab chiqarish va savdo yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi Tojikistonning yirik sanoat va investitsiya guruhlaridan biri Avesto Group rahbariyati bilan muzokara olib bordi.
Unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:
🔹 surma (Sb) resurslarini birgalikda rivojlantirish;
🔹 kon chiqindilarini qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish;
🔹 TMK mutaxassislarining Tojikistonga tashrifini tashkil etish va joylarda ishlab chiqarish obyektlari va aktivlarni o‘rganish.
Mazkur kelishuvlar ikki mamlakatning resurslari, tajribasi va sanoat salohiyatini uyg‘unlashtirish orqali kritik minerallar bo‘yicha mintaqaviy qiymat zanjirini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur forum Tojikiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26-mart kuni amalga oshirilgan davlat tashrifi arafasida tashkil etilib, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qildi.