Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik

 TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik 15.12.2025
TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik

 

 

Bugungi kunda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati ESG yo‘nalishida Buyuk Britaniya, Belgiya, AQSH, Kanada va BAA kabi qator mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

 

Yaqinda TMK delegatsiyasining ESG yo‘nalishida hamkorlik masalalari yuzasidan Xitoyga tashrifi ham mana shu aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qildi.

 

Delegatsiya a'zolari Sian va Usi shaharlarida bo‘lib, dunyoning yetakchi “yashil energiya” kompaniyalaridan biri — LONGi Groupda amaliy tashrif va muzokaralar o‘tkazdi.

 

Tashrif doirasida yashil quyosh panellari (Green Solar) va yashil vodorod (Green Hydrogen) texnologiyalarini chuqur o‘rganish hamda ularni TMKning ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar davomida LONGi Group’ning texnologik salohiyati va sanoat miqyosidagi yechimlari atroflicha tahlil qilinib, hamkorlikni aniq yo‘l xaritasi asosida bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Yuqori samaradorlikka ega yashil energiya manbalarini keng joriy etish orqali TMK mahsulotlari Yevropa Ittifoqining ekologik va texnik standartlariga mosligi ta’minlanadi.

 

Ma’lumot uchun, LONGi Hydrogen Technology Xitoyning yirik energetik korxonalaridan biri bo‘lib, 2023-yilda uning ishlab chiqarish quvvati 2,5 GVtga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich orqali kompaniya yashil vodorod texnologiyalari bo‘yicha global yetakchi maqomini olgan.

TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
Forum
05.08.2026
TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
Forum
04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli
R&D Park
01.08.2026
TMK R&D Parki O‘zbekistonning yangi innovatsion dvigateli

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring