ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Buyuk Britaniyada: Lider kompaniyalar bilan muzokaralar

 TMK Buyuk Britaniyada: Lider kompaniyalar bilan muzokaralar 28.11.2025
TMK Buyuk Britaniyada: Lider kompaniyalar bilan muzokaralar

O‘zbekistonning kritik minerallar sohasidagi ochiqlik va xalqaro hamkorlik siyosati doirasida TMK vakillari Buyuk Britaniyada bo'lib, yetakchi injenering va mineral resurslarga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida,  Cornwall Mining and Geo-Resources Alliance bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Dastlab SLR Consulting Limited faoliyati o'rganilib, kompaniyaning yetakchi mutaxassisi Garfild Styuart bilan gidrometallurgiya va mineral qayta ishlash jarayonlarida qo‘llaniladigan ilg‘or muhandislik yechimlari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, global miqyosdagi nufuzli injenerlik markazlaridan biri — Paterson & Cooke kompaniyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Paul Eynsvort va kompaniyaning global bosh direktori Stiv Uilson bilan texnologiya, mineral qayta ishlash va texnik hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muloqot olib borildi.

 

Tashrif davomida TMK vakillari Konvoll mintaqasidagi qazilma resurslar ekotizimini birlashtiruvchi Cornwall Mining and Geo-Resources Alliance hamda materialshunoslik va mineralogiya bo‘yicha yuqori aniqlikdagi tahlillarni amalga oshiruvchi Petrolab UK Ltd laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

 Tashrif yakunida britaniyalik hamkor kompaniya vakillariga TMKning to'liq qiymat zanjiridagi faoliyati, yirik loyihalari, Texnopark ekotizimi va O‘zbekistonning texnologik metallar bo‘yicha yo‘nalishlarini qamrab olgan kengaytirilgan taqdimot namoyish etildi.

 

Tomonlar volfram gidrometallurgiyasi, qo'shma tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash yo'nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar