Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda

 TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda 23.07.2026
TMK yoshlarni innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sari ruhlantirmoqda


 

Bugungi Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligida yosh mutaxassislar, mustaqil tadqiqotchilar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.


 

Unda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati Boshqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar hamda kritik minerallar sanoatining istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.


 

Uchrashuvda kritik minerallar global iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, elektromobillar, yarimo‘tkazgichlar va yashil energetika rivojining asosi ekani alohida ta’kidlandi. 

 

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mamlakatimizda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga xizmat qiluvchi zamonaviy ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ekotizimni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirayotgani qayd etildi.


Shuningdek, yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


 


 

TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK Chemicals
23.07.2026
TMK CHEMICALS: O‘ZBEKISTON KIMYO SANOATI UCHUN YANGI BOSQICH
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Smart Powder
22.07.2026
TMK Markaziy Osiyoda ilk bor avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Xalqaro ekspert ishtirokida TMKda korrupsiyaga qarshi boshqaruv bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Seminar-trening
21.07.2026
Xalqaro ekspert ishtirokida TMKda korrupsiyaga qarshi boshqaruv bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring