ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK hamkorligida 16 turdagi yangi metall qotishmalari yaratildi

 TMK hamkorligida 16 turdagi yangi metall qotishmalari yaratildi 10.03.2026
TMK hamkorligida 16 turdagi yangi metall qotishmalari yaratildi

TMK hamda UBS (O‘zbekiston) muhandis olimlari Janubiy Koreyaning Sejong universiteti qoshidagi Nanostrukturali materiallar R&D markazi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va yarim sanoat ishlab chiqarish ishlarini olib borib, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan 16 xil innovatsion metall qotishmalarini ishlab chiqdi.

 

Ulardan asosiylari: 


- Yangi modifikatsiyalangan marganetsli po‘lat — konchilik sanoatida qo'llaniladi. Modifikator qo‘llanishi natijasida po‘latning cho‘zilishga mustahkamligi 460 MPa dan 610 MPa gacha oshirildi. Bu esa og‘ir sharoitda ishlaydigan konchilik uskunalarining xizmat muddatini 2,5 baravargacha uzaytiradi.

 

- Modifikatsiyalangan cho‘yan — konchilik va metallurgiya sanoatida qo'llaniladi. Yangi turdagi materialda mexanik xususiyatlar sezilarli yaxshilanib, cho‘zilish ko‘rsatkichi 1% dan 9% gacha oshirildi. Natijada ishlash davomiyligi 120–150% ga uzayib, iqtisodiy samaradorlik 26% gacha ortdi.

 

- Nikel asosli superqotishmalar — aviakosmos va avtomobilsozlik sanoatida qo'llaniladi. Yangi qotishmada qimmatbaho tantal va niobiy elementlaridan foydalanilmagani mahsulot tannarxini 46% gacha kamaytirishga imkon berdi. Shu bilan birga, cho‘zilishga mustahkamlik 320 MPa dan 810 MPa gacha oshirildi.

 

Hamkorlik doirasida yaratilgan yangi qotishmalar yuqori mexanik xususiyatlari, iqtisodiy samaradorligi va sanoat talablariga mosligi bilan ajralib turadi. Bu hamkorlik TMK uchun yangi materiallarni tezkor ravishda ishlab chiqarishga joriy etish imkonini yaratmoqda.

 

Ma’lumot uchun, markaz professor Kim Ki Bum rahbarligida faoliyat yuritadi. Bu yerda qo‘llaniladigan metodika laboratoriya va pilot sinovlar natijalarini ishlab chiqarish sharoitlariga yaqinlashtirib, yangi materiallarni sanoatga joriy etish muddatini sezilarli qisqartiradi. Markazda yaratilgan qotishmalar Hyundai–Kia Motor Company, Samsung Electronics va POSCO kabi yirik kompaniyalarda amaliyotga tatbiq etilgan.

TMK va Kanada innovatsiya markazlari o‘rtasida R&D bo'yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
jarayon
10.03.2026
TMK va Kanada innovatsiya markazlari o‘rtasida R&D bo'yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Ayollarga ehtirom — TMKning muhim qadriyatlaridan biri
jarayon
07.03.2026
Ayollarga ehtirom — TMKning muhim qadriyatlaridan biri
TMK jamoasida ayollarga ehtirom: “Sen aziz va muqaddassan, ayol”
jarayon
06.03.2026
TMK jamoasida ayollarga ehtirom: “Sen aziz va muqaddassan, ayol”

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar